1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Mening nafsim balodir...

Namanganda tuman DSI boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi.

Mening nafsim balodir...

 

1 gektar yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Namangan viloyatidagi tumanlardan birining davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i jinoyatga qo‘l urdi. U o‘zining haydovchisi nomida bo‘lgan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Xabarda aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Hozirda tergov jarayonlari ketmoqda.

 

Avvalroq Toshkentda fuqaroga 1 gektar yerni 200 ming dollar evaziga olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlangani hamda Toshkent viloyatida 263,3 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallangani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика