1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Namanganlik qiz ham Prezident, ham al-Xorazmiy nomidagi maktab sinovidan o‘tdi

Maktabda aʼlo o‘qishi, namunali xulqqa ega bo‘lish bilan birga bo‘sh vaqtlarida badiiy gimnastika sport turi bilan shug‘ullanadi, shuningdek, mental arifmetika to‘garagiga ham ishtirok etadi.

Namanganlik qiz ham Prezident, ham al-Xorazmiy nomidagi maktab sinovidan o‘tdi

 

 

Qayd etilishicha, yosh isteʼdod sohibasi 2018 yildayoq «Yilning eng faol o‘quvchisi» nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgan.

 

2019 yil 24 fevralda Toshkent shahrida o‘tkazilgan badiiy gimnastika bo‘yicha turnirda faxrli 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Namangan shahridagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi faxriy yorliqlari bilan bir necha bor taqdirlandi.

 

2020 yil 29 sentyabrda Andijon shahrida o‘tkazilgan “Mental arifmetika” bo‘yicha ochiq olimpiadada faxrli 1-o‘rinni, 15 oktyabrda Namangan shahrida o‘tkazilgan “Mental arifmetika” bo‘yicha ochiq olimpiadada faxrli 2-o‘rinni egalladi.

 

Bugungi kunga qadar barcha fanlardan aʼlo baholarga o‘qib, joriy yilda Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Toshkent shahridagi Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabiga hujjat topshirgan edi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Dilnura har ikki maktabga qabul qilindi.

 

Taʼkidlanishicha, Dilnuraning ushbu yutuqlarida Namangan shahridagi 58-DIMIdagi ustozlari hamda onasi Namangan davlat universiteti matematika kafedrasi o‘qituvchisi Dilnoza Mahmudovaning hissalari beqiyos. Dilnurani oldinda hali ko‘plab yutuqlar, muvaffaqiyatlar kutib turibdi. Zero o‘qigan, ilmga intilgan inson hamisha hayotda o‘z o‘rnini egallaydi.

 

Avvalroq xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblariga 122,5 mln so‘mdan pul mukofoti topshirilgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика