1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

NASA kelаsi yilda birinchi to‘liq tijorat ekipajini Xalqaro kosmik stansiyaga yubormoqchi

NASA birinchi to‘liq tijorat ekipajini Xalqaro kosmik stansiyaga yuborish sanasini maʼlum qildi. U 2022-yil 21-fevralga mo‘ljallangan. Bu haqda agentlikning Boshqariladigan parvozlar dasturi rahbari Keti Liderlar Twitter sahifasida maʼlum qildi.

NASA kelаsi yilda birinchi to‘liq tijorat ekipajini Xalqaro kosmik stansiyaga yubormoqchi

 

 

"Ajoyib yangilik! Biz 21 fevralda XKSga “Axiom-1” missiyasini ishga tushirishni rejalashtiryapmiz. Bu — Axiom tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan stansiyadagi birinchi shaxsiy kosmik missiya bo‘ladi", — deb yozgan Liderlar.

 

Xabar qilinishicha, “Axiom-1” ekipaji to‘rt kishidan iborat bo‘lib, Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi Kennedi kosmik markazidan uchiriladi. Rejaga ko‘ra, jamoa sakkiz kun stansiyada bo‘lib, u yerdagi kosmonavtlar bilan ishlashi kerak.

 

Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni to‘rt nafar oddiy fuqarolardan iborat ekipaj birinchi marta “Crew Dragon” kosmik kemasida uch kun Yer orbitasida bo‘lib, ortga qaytgan edi.

 

Avvalroq SpaceX kelgusi yil koinotda reklamalar namoyish qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика