1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Navbat Turkiyaga. “Tolibon” delegatsiyasi Anqaraga uchib ketdi

“Tolibon” delegatsiyasi Qatardan Anqaraga uchib ketdi. Bu haqda Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Abdulqodir Balxiy xabar berdi.

Navbat Turkiyaga. “Tolibon” delegatsiyasi Anqaraga uchib ketdi

 

 

Balxiyning maʼlumotlariga ko‘ra, delegatsiya Turkiyaga tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu taklifiga binoan tashrif buyuradi. Unda oliy martabali amaldorlar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

 

Tomonlar savdo, gumanitar yordam, migratsiya va aviatransport bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi. “Tolibon” delegatsiyasi tarkibidan Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Mutaqqiy, Axborot va madaniyat vaziri Xayrulla Xayrxva, Muhammad Suhayl Shaxin, Nur Jalol Jaloliy, mulla Abdulhaq Vosiq ham o‘rin olgan.

 

Turkiya “Tolibon” bilan munosabatlar haqida bir necha bor bayonot bergan. Xususan, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an “katta yigirmalik” yig‘ilishida Afg‘oniston bo‘yicha ishchi guruh tuzishni taklif qilgan. Shuningdek, u “Tolibon” hukumatining muvaffaqiyatsizlikka uchraganini aytib o‘tgan.

 

Avvalroq "Tolibon"  G‘arb davlatlaridan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика