1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Navbat Vashingtonga: AQSH va "Tolibon" uzoq tanaffusdan so‘ng muzokaralar o‘tkazadi

9—10-oktabr kunlari Dohada AQSH va "Tolibon" rasmiylari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.

Navbat Vashingtonga: AQSH va "Tolibon" uzoq tanaffusdan so‘ng muzokaralar o‘tkazadi

 

 

AQSH tomonidan davlat kotibi o‘rinbosari Tom Uest va USAID tashkiloti vakili Sara Charlz ishtirok etishi kutilmoqda. "Tolibon" esa Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Amirxon Mutaqqiy boshchiligida delegatsiya jo‘natgan.

 

Eʼtiborlisi, bu AQSH qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng tashkillashtirilgan birinchi racmiy uchrashuv bo‘ladi. Muzokaralarning asosiy mavzusi–– Afg‘onistonda qolib ketgan AQSH fuqarolari evakuatsiyasi va terrorizmga qarshi kurash.

 

Bundan tashqari uchrashuv davomida 2020 yil “Haqqoniy tizimi” tomonidan o‘g‘irlab ketilgan AQSH fuqarosi Mark Freriks taqdiri masalasi ko‘tarilishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan Freriks ozod qilinishi talab qilinadi.

 

Mark Freriks afg'on bolalari bilan

 

Shuningdek, Vashington razvedka xizmatlari vakillari ham muzokaralarda qatnashadi. O‘z navbatida “Tolibon” delegatsiyasi aʼzolari orasida Afg‘onistonning razvedka boshqarmasi rahbari Abdulhaq Vosiq ham ishtirok etadi.

 

Yana bir eʼtiborli jihati uzoq yillardan keyin ilk bor AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod “Tolibon” bilan muzokaralarda qatnashmaydi.

 

Avvalroq Britaniya maxsus vakili Kobulga kelgani hamda Abdulaziz Komilov “Tolibon” bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика