Xalq bankining aynan ushbu filialida yangi tayinlangan boshqaruvchi ham ish vaqtidan tashqari vaqtda mehnatga jalb etilgani aniqlangan
Ushbu holatda Mehnat kodeksining 124, 125 va 157-moddalari talablari buzilgan. Shu sababli, filial boshqaruvchisi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Yaʼni, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Endi ushbu boshqaruvchi huddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Maʼlumot uchun: Navoiyda aynan shu bank xodimlarining avtohalokati xodimlarning ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilinishi natijasida yuz bergani aniqlangandi. Unda 8 kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi inspektori YTHda halok bo‘lgani hamda aynan shu hududda bank xodimasi xizmat vaqtida vafot etgani haqida xabar berilgandi.


