1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Nurafshonda Prezident maktabi ochildi

Mashg‘ulotlar xalqaro “STEAM — taʼlim” dasturi asosida olib boriladi.

Nurafshonda Prezident maktabi ochildi

 

Prezident maktabida taʼlim jarayoni tabiiy fanlar, texnologiyalar, texnik ijodkorlik, canʼat, matematika sohalarini chuqur ixtisoslashgan holda o‘qitishga asoslangan.

 

Darslarda tajribali 2 nafar xorijlik mutaxassis va 20 nafar mahalliy pedagog saboq beradi. Keyinchalik xorijdan yana 10 nafar pedagog-o‘qituvchi jalb etilishi rejalashtirilgan.

 

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov barcha zamonaviy sharoitlarga ega prezident maktabi hududdagi iqtidorli o‘g‘il-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratishini taʼkidladi.

 

Prezidet taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bilimga chanqoq maktab o‘quvchilarini yangi o‘quv yili bilan tabrikladi:

 

– Umid qilamanki, Prezident maktablari bitiruvchilari  vatanimiz kelajagi uchun eng kerakli kadr bo‘lib yetishishadi. 

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida joriy yil ijtimoiy sohada bir qator obyektlar qurilib, mukammal taʼmirlandi. Zamonaviy maktablar, bog‘chalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari idoralari, poliklinikalar shular jumlasidandir. Mazkur taʼlim muassasasi uchun 80 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktabi bitiruvchilari davlat OTMlariga imtihonsiz grant asosida qabul qilinadi.

 

Avvalroq Prezident maktabiga kimlar ishga qabul qilinishi, Prezident maktabi o‘quvchilari yuqori natijalar ko‘rsatayotgani hamda Namanganlik qiz ham Prezident, ham al-Xorazmiy nomidagi maktab sinovidan o‘tgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика