Bu haqda "RIA Novosti" xabar berdi.
Olimlar laboratoriya tekshiruvlari davomida “Delta” shtammning asl nusxasini “Omikron” shtamm bilan yonma yon qo‘yib solishtirilganda yangi shtammda ko‘plab mutatsiyalarni ko‘rish mumkin. Ular qizil rangda belgilangan. Shuningdek tasvirda “Delta” shtammi 18 ta mutatsiyani, yangi “Omikron” shtammi esa 43 ta mutatsiyani o‘z ichiga oladi.
Yangi shtammda aniqlangan 43 ta mutatsiya bu virusni inson organizmiga moslashib bo‘lganini i bildiradi.
Fotosuratlarni Rim va Vatikandagi "Bambino Gesù" kasalxonasi taqdim etdi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mutatsiyalar, asosan, inson hujayralari bilan o‘zaro taʼsir qiluvchi oqsil sohasida to‘plangan, bu virusning inson turiga moslashishini anglatadi. Keyingi tadqiqotlar infeksiyaning yangi shtammi qay darajada xavfli bo‘lishini anglatishi taʼkidlangan.
Avvalroq, Nyu-Yorkda SOVID-19 infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli 2022 yil 15 yanvargacha favqulodda holat eʼlon qilingani Nyu-Yorkda SOVID-19 infeksiyasi ko‘payib borayotgani sababli 2022 yil 15 yanvargacha favqulodda holat eʼlon qilingani hamda JSST SOVID-19ning yangi shtammini "Omikron" deb nomlagani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


