1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Onlayn qimorda yutqazgan yigit o‘g‘irlik sodir etdi

Onlayn qimorda yutqazgan yigit pul topish maqsadida o‘g‘irlik sodir etdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Onlayn qimorda yutqazgan yigit o‘g‘irlik sodir etdi

 

Jahon statistika maʼlumotlariga ko‘ra, odamlar bugungacha birgina video o‘yinlari uchun 146 million AQSH dollaridan ortiq pul sarflagan. Urgut tumanida yashovchi 18 yoshli yigit o‘zgalarning mashinasidan pul o‘g‘irlab, internet o‘yinlar uchun ishlatib yuborgan. U qarovsiz qoldirilgan mashinalarning biridan 1 700 AQSH dollari,  boshqasidan esa 2 yarim million so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab ketgan.

 

Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qism “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq onlayn qimor jabrdiydalari  hamda eri ayoli va bolalarini qimorga tikkani haqida xabar berilgandi. 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика