1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Oqlangan shaxs zararni to‘latish uchun sudga murojaat qilsa, boj undiriladimi? Yurist javobi

SAVOL. Jinoyat ishlari bo‘yicha sud ajrimi bilan reabilitatsiya qilingan shaxs moddiy va maʼnaviy zararni undirish uchun fuqarolik sudiga murojaat qilsa, davlat boji to‘lovlarini amalga oshirishi kerakmi?

Oqlangan shaxs zararni to‘latish uchun sudga murojaat qilsa, boj undiriladimi? Yurist javobi

 

JAVOB.

Amaliyotchi yurist Saidali Muxtoraliyevning taʼkidlashicha, mazkur murojaatchi uchun dastlab jinoiy ishlar bo‘yicha birinchi instansiya sudining jazoga mahkum qilish to‘g‘risida sud hukmi chiqqan. Sababi, sud ajrimi keyingi (apellyatsiya, kassatsiya) instansiyalar tomonidan qabul qilinadi.

 

“Agar jazoga tortish haqidagi birinchi sudning hukmini bekor qilish va sudlanuvchini reabilitatsiya qilish (oqlash) haqidagi yuqori sudning ajrimi chiqqan bo‘lsa, demak bu yerda sudlanuvchi adolatsiz va qonunga xilof ravishda hukm qilingan bo‘lib chiqadi. Bunda murojaatchi nomidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun (ilovasi)ga ko‘ra fuqarolik sudlariga mulkiy tusdagi daʼvo kiritilganda, daʼvo bahosining 4 foizi miqdorida davlat boji undirilishi kerak.” – deydi mutaxassis.

 

Shu o‘rinda Saidali Muxtoraliyev mazkur qonunning 8-moddasi 1-qismi 4-bandini ham keltirib o‘tadi:

 

“Fuqarolar fuqarolik sudlariga qonunga xilof ravishda hukm etganlik, jinoiy javobgarlikka tortganlik, maʼmuriy jazo berganlik tufayli jismoniy shaxsga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq nizolar yuzasidan daʼvo ariza kiritganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi(“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonun. 8-modda. 1-qism. 4-band;). Bu imtiyoz murojaatchi aytgan vaziyatga ham tegishlidir” – deydi amaliyotchi yurist.

 

Avvalroq boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish tartibi hamda Sudlanganlik “tamg‘asi” qachon olib tashlanishi bo‘yicha mutaxassis javoblari berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика