28-sentabr kuni Oregon shtati va uning yirik shahri Portlend rasmiylari AQSh federal hukumati ustidan sudga murojaat qildi.
Da’voga ko‘ra, prezident Donald Tramp ma’muriyati Oregon Milliy gvardiyasi bo‘linmalarini fuqarolik tartibsizliklarini bartaraf etishga jalb qilish orqali vakolatlarini oshirib yuborgan. Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu qadam konstitutsion tamoyillarga zid bo‘lib, jamoat xavfsizligini ta’minlash o‘rniga ijtimoiy norozilikni yanada kuchaytirishi mumkin.
Sud hujjatlarida ayblanuvchilar sifatida AQSh prezidenti, mudofaa vaziri Pit Xegset, ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem va tegishli federal idoralar ko‘rsatilgan.
Shikoyat berilishidan avvalroq mudofaa vaziri imzolagan memorandumga binoan, Oregon Milliy gvardiyasining 200 nafar askari 60 kunga federal xizmatga chaqirilgani ma’lum qilingan edi.


