1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ozarbayjon ilk bor Ukrainaga tabiiy gaz yetkazib berdi

Bu strategik ahamiyatga ega va uzoq muddatli hamkorlik uchun muhim asos deb qaralmoqda

Ozarbayjon ilk bor Ukrainaga tabiiy gaz yetkazib berdi

Ozarbayjon tarixda ilk bor Ukraina hududiga tabiiy gaz yetkazib berdi. Bu haqda Ukraina davlat energetika kompaniyasi “Naftogaz” boshqaruvi raisi Sergey Koretskiy rasmiy bayonot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz yetkazib berish sinov tariqasida Transbolqon gaz yo‘lagi orqali amalga oshirildi. Koretskiy bu qadamni hajm jihatidan kichik, ammo strategik ahamiyatga ega va uzoq muddatli hamkorlik uchun muhim asos deb atadi.

 

Mazkur tashabbus “Naftogaz” kompaniyasining Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi — SOCAR bilan gaz importiga oid ilk shartnoma imzolagani ortidan amalga oshdi.

 

Ukraina energetika vaziri Svetlana Grinchukning ta’kidlashicha, Tansbolqon yo‘lagi — bu Ukraina, Moldova, Ruminiya, Bolgariya va Turkiya orqali o‘tuvchi yirik magistral gaz tizimi bo‘lib, u orqali nafaqat Ozarbayjon gazini, balki Turkiya va Gretsiya terminallariga yetkazilgan suyuq gazni ham Ukraina hududiga olib kirish mumkin.

 

Vazir bu bitim ikki davlat o‘rtasida olib borilgan uzoq muzokaralar va faol diplomatik sa’y-harakatlarning natijasi ekanini alohida ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика