1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi quladi

Sheremetevo aeroportida xakerlik hujumi sabab 50 ta reys bekor qilindi.

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi quladi

28 iyul kuni “Aeroflot” aviakompaniyasi axborot tizimlarida jiddiy nosozlik yuzaga kelganini e’lon qildi. Texnik muammo sababli hozirgacha kamida 50 ta reys bekor qilindi. Bekor qilingan parvozlar orasida Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Kaliningrad, Qozon, Minsk va Yerevan yo‘nalishlari bor.

 

Xakerlik hujumi uchun javobgarlikni Silent Crow va Cyberpartisans BY nomli xakerlar guruhi zimmasiga oldi. Ularning bayonotiga ko‘ra, “Aeroflot”ning 7000 ta serveri buzib kirilgan, 20 terabaytga yaqin ma’lumot o‘g‘irlangan. Ular parvozlar tarixi, CRM bazalari, rahbariyat kompyuterlari, ichki yozishmalar va audioyozuvlarga to‘liq kirishganini bildirishdi.

 

Kompaniya hujum ortidan reyslar kechiktirilishi yoki bekor qilinishi mumkinligini ogohlantirdi. Yo‘lovchilarga aeroportlardagi e’lonlar, axborot tablolari va rasmiy saytlar orqali ma’lumotlarni doimiy kuzatib borish tavsiya etildi. Moskvadagi Sheremetyevo aeroportida uzoq navbatlar yuzaga kelgani xabar qilinmoqda.

 

“Aeroflot” o‘z xizmatlarini imkon qadar tez tiklash ustida ish olib bormoqda. Xakerlar esa qo‘lga kiritilgan ma’lumotlarning bir qismini tez orada e’lon qilishga va’da berishgan. Mazkur hujum Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasini axborot xavfsizligi borasida jiddiy tahdid ostida qoldirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика