1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ochiqlandi

Bunda tuxum (o‘n donasi), sut, kartoshka, kungaboqar yog‘i, bug‘doy uni, shakar narxlarining o‘zgarishi keltirilgan.

O‘zbekiston bozorlaridagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ochiqlandi

 

 

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2021-yil 10—17 noyabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlili viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida o‘tkazildi. Bu haqda Spot xabar berdi.


Jumladan, respublikada guruchning o‘rtacha narxi tahlil etilayotgan davrda 0,2 foizga pasayib, 17 noyabr holatida bir kilogramm guruch 9 912 so‘mni tashkil qilgan. O‘rtacha narxlar darajasi Qoraqalpog‘istonda 6 520 so‘mdan Toshkent shahrida 11 604 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda bo‘lgan. Guruch narxining pasayishi (kilogramm uchun) deyarli barcha hududlarda kuzatilgan.

 

Qayd etilishicha, pasayish Surxondaryoda (1,1 foiz), Xorazm (0,8 foiz), Sirdaryo (0,5 foiz), Samarqand (0,4 foiz), Jizzax (0,1 foiz), Buxoro (0,1 foiz) viloyatlarida va, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (0,8 foiz) kuzatilgan.

 

Shuningdek, mol go‘shti narxining pasayishi Buxoro (-1,1 foiz), Qashqadaryo (-0,7 foiz), Jizzax (-0,4 foiz), Samarqand (-0,1 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (-0,6 foiz) kuzatilgan. Viloyatlar kesimida Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida suyakli mol go‘shti narxi avvalgi haftaga nisbatan o‘zgarmagan.

 

Tumanlar kesimida bir kilogramm suyakli mol go‘sht narxining yuqoriligi bo‘yicha Ohangaron (72 500 so‘m/kg), Yangiyo‘l (72 000 so‘m/kg), Quyichirchiq (71 129 so‘m/kg), Xiva (71 000 so‘m) va Urganch (70 500 so‘m/kg) tumanlari top 5 talikdan o‘rin olgan.

 

Tahlil natijalarida aytilishicha, shu davr mobaynida suyakli mol go‘shti va guruch narxlarining pasayishi qayd etilgan.

 

Tumanlar bo‘yicha bir kilogramm guruch narxining yuqoriligi bo‘yicha Toshloq (12 727 so‘m/kg), Yozyovon (12 700 so‘m/kg), Yangiyo‘l (12 667 so‘m/kg), Yuqorichirchiq (12 500 so‘m/kg) Uchtepa (12 463 so‘m/kg) tumanlari top 5 talikdan o‘rin olgan.

 

Tahlil qilinayotgan davrda tuxum (o‘n donasi), sut, kartoshka, kungaboqar yog‘i, bug‘doy uni, shakar narxlarining o‘zgarishi keltirilgan. Hududlar kesimida narxlarning eng yuqori o‘sishi quyidagi mahsulotlar uchun qayd etilgan:

 

  • tuxum o‘n donasi Buxoro (3,2 foiz), Andijon (1,8 foiz), Toshkent (1,3 foiz), Qashqadaryo (1,3 foiz) viloyatlarida;

 

  • sut Buxoro (2,2 foiz), Jizzax (1,4 foiz), Toshkent (28,3 foiz), Namangan (0,7 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (1,0 foiz);

 

  • shakar Andijon (2,5 foiz), Buxoro (2,0 foiz), Toshkent (1,5 foiz), Jizzax (0,9 foiz), Namangan (0,8 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (1,2 foiz);

 

  • kungaboqar yog‘i Jizzax viloyatida (0,1 foiz) va Toshkent shahrida (0,9 foiz);

 

  • un Buxoro (1,3 foiz), Xorazm (0,9 foiz), Sirdaryo (0,7 foiz), Qashqadaryo (0,6 foiz) va Farg‘ona (0,6 foiz) viloyatlarida;

 

  • kartoshka Samarqand (4,2 foiz), Sirdaryo (4,5 foiz) Andijon (3,3 foiz), Buxoro (2,7 foiz), Toshkent (2,2 foiz) viloyatlarida.

 

 Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi maʼlum qilingandi

 

Avvalroq O‘zbekistonda 61 ta bozor kompleksi sotilishi va ularning 12 tasi tugatilishi, isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 0,2 % ga arzonlashgani hamda dunyoda yil boshidan buyon ilk bor oziq-ovqat narxlari pasaygani haqida maʼlumotlar taqdim qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика