1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekiston FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston so‘nggi yillarda yirik xalqaro futbol musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish tajribasiga ega ekanini namoyish etmoqda.

O‘zbekiston FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, mamlakatimiz 2027-yilda Ozarbayjon bilan hamkorlikda FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

 

Bugun, 2-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan FIFA Kengashi yig‘ilishida 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati mezbonlari rasman e’lon qilindi. Qarorga ko‘ra, mazkur nufuzli musobaqa ilk bor Markaziy Osiyo hududida o‘tkaziladi.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bir qator yirik xalqaro sport tadbirlariga yuqori saviyada mezbonlik qilib kelmoqda. Jumladan, 2024-yilda mamlakatimizda o‘tkazilgan FIFA Futzal Jahon chempionati yuqori darajada tashkil etilgani xalqaro futbol hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan.

 

2027-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mundial yosh iste’dod egalari uchun o‘z mahoratini namoyish etish maydoniga aylanadi. O‘zbekiston esa o‘zining mehmondo‘stligi, futbolga bo‘lgan sadoqati va muxlislarning faol qo‘llab-quvvatlashi bilan chempionatning yuqori darajada o‘tishini ta’minlashga tayyor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика