1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishdi

Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va bir qator davlat kinostudiyalari bilan hamkorlikda badiiy filmlar suratga olish bo‘yicha memorandum imzolandi.

O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Rossiya, Tojikiston, Qozog‘iston davlatlari bilan kelishuvga erishdi

 

 

Dastavval, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi va “Tojikfilm” davlat muassasasi bilan davlatimiz rahbari  Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti  Emomali Rahmonning takliflari asosida hamkorlikda “Navoiy va Jomiy do‘stligi” haqida badiiy filmni suratga olishga kelishildi.

 

Bundan tashqari, anjumanda Rossiya va Qozog‘iston kinoijodkorlari bilan bir nechta yangi loyihalar yuzasidan hamkorlikka erishildi.

 

Mazkur hamkorliklar doirasida ko‘plab yangi filmlar suratga olinishi rejalashtirildi.

 

 Eslatib o‘tamiz, kinofestival bosh homiysi: AGMK, NGMK va “O‘zbekneftgaz”. Hamkor homiylar: “O‘ZBEKTELEKOM”, “O‘zdonmahsulot” AK, “O‘zpromstroybank”ATB, “Ipoteka-bank” ATIB, “Asakabank”AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Hududgazta‘minot”, “UzAuto Motors”AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “Milliy bank”AJ, “Farg‘onaazot”AJ, “Eriell”, “Bosch” TM, “Easy Booking”.

 

Avvalroq O‘zbekiston Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxalikov kino asarlarimizni bugungi zamon talablari darajasiga ko‘tarishimiz kerak deya taʼkidlagandi. Shuningdek, “O‘zbekfilm” kinokonsernida Rossiya Federatsiyasi kinosi kunlari doirasida  mashhur kinorejissyor, RSFSR xalq artisti, Rossiya Federatsiyasi Kinematograflar uyushmasi raisi Nikita Mixalkov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tgani, Belarus kinosi kunlari boshlangani hamda Ipak yo‘lining nodir durdonasi qalblarni birlashtirgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика