
12–17-sentabr kunlari Butunjahon O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish jamiyati “O‘zbekiston madaniy merosi – yangi Uyg‘onish poydevori” V Xalqaro Kongressini o‘tkazadi.
Unda xalqaro tashkilotlar vakillari, taniqli xorijiy va yurtimiz olimlari hamda rasmiy doira vakillari ishtirok etadi. V xalqaro kongress ishtirokchilari yurtimiz madaniy merosining ahamiyati, tarixi va kelajakka xizmati haqida maʼruzalar qiladi.
Bundan tashqari, qiziqarli arxeologik, tarixiy, ilmiy-madaniy fotoko‘rgazmalar, gala-konsertlar, teatr tomoshalari bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent xalqaro kinofestivalining ishchi guruhi o‘z faoliyatini boshlagani hamda turk kinosining “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalida namoyish etilishi haqida xabar qilingandi.


