1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti “General Motors International” korporatsiyasining rahbariyati bilan uchrashdi

So‘nggi besh yil davomida korporatsiya ishtirokida O‘zbekistonda 1,6 million dona avtomobil ishlab chiqarildi.

O‘zbekiston Prezidenti “General Motors International” korporatsiyasining rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida “General Motors International” korporatsiyasining global ijrochi direktori Shilpan Aminni qabul qildi.

 

Uchrashuvda avtomobil sanoati sohasida uzoq muddatli strategik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. “General Motors International” kompaniyasining O‘zbekiston avtomobil sanoatini rivojlantirish, diversifikatsiya qilish va mahsulot sifatini oshirishdagi muhim o‘rni alohida ta’kidlandi.

 

So‘nggi besh yil davomida korporatsiya ishtirokida O‘zbekistonda 1,6 million dona avtomobil ishlab chiqarildi. Bugungi kunda mamlakatimiz “Chevrolet” brendi uchun AQShdan keyingi eng yirik bozorga, shuningdek, Markaziy Osiyo va MDH mintaqalarida sotuvlar bo‘yicha yetakchi hududga aylangan.

 

Suhbat chog‘ida ishlab chiqarish kooperatsiyasini kengaytirish, yangi model qatorlarini joriy etish va mahalliylashtirish darajasini oshirish ustuvor vazifalar sifatida belgilandi.

 

Bundan tashqari, zamonaviy mashinasozlik uchun zarur bo‘lgan yangi texnologiyalar va xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика