1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Toshkentda DFC'ning mintaqaviy ofisi ochilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.

Toshkentda DFC'ning mintaqaviy ofisi ochilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-noyabr kuni Vashington shahriga amaliy tashrifi doirasida AQSH Xalqaro moliyaviy taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) bosh direktori Ben Blekni qabul qildi.

 

DFC – AQSHning milliy rivojlanish instituti bo‘lib, u rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma va sanoat yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirishga xususiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashadi.

 

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi savdo-investitsiyaviy hamkorlik sur'at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Energetika, muhim minerallar, moliya, transport, qishloq xo‘jaligi hamda axborot texnologiyalari sohalarida yirik qo‘shma loyihalar portfeli shakllantirilayotgani alohida ta’kidlandi.

 

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi. Jumladan, ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish uchun qo‘shma investitsiya platformasini tez fursatda ishga tushirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish hamda DFCning Toshkent shahrida mintaqaviy vakolatxonasini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev korporatsiyaning infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari asosida faol ishtirok etishi dolzarbligini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика