1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekiston Singapurda o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etmoqda

Sammit musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlanadi.

O‘zbekiston Singapurda o‘tkaziladigan sammitda ishtirok etmoqda

 

Joriy yilning 31-mayidan 2-iyuniga qadar Singapurda musulmon turizm bozorini tiklash va rivojlantirishga bag‘ishlangan «Halal In Travel – Global Summit 2022» bo‘lib o‘tadi.

 

Butun dunyodan sayyohlik sohasida chuqur bilimga ega 70 dan ziyod mutaxassislarni o‘zida jamlagan sammitda O‘zbekistondan Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etadi (onlayn formatda). Xususan, tadbirda Indoneziya vitse-prezidenti, Maldiv Orollari turizm vaziri va Malayziya turizm, sanʼat va madaniyat vaziri qatnashadi.

 

Sammit yakunida «Halal in Travel» mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Ushbu mukofotlar turli toiflarni qamrab oluvchi musulmonlar hayot tarzidagi sayohatlar segmentiga sezilarli hissa qo‘shgan yo‘nalishlar, tashkilotlar, kompaniyalar va shaxslar kesimida taqdim etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика