1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqand deklaratsiyasida nimalar maʼqullandi?

ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha sammitning asosiy hujjati — Samarqand deklaratsiyasini maʼqulladi.

Samarqand deklaratsiyasida nimalar maʼqullandi?

 

To‘plangan asosiy fikrlar:

 

▪️Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari terrorizmga qarshi kurash bahonasida davlatlar ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligini eʼlon qildi;

 

▪️Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari butun dunyoda sodir bo‘layotgan terrorchilik harakatlarini qoralab, terrorizmni jilovlantirish, uning tarqalishi uchun sharoitlarni faol ravishda bartaraf etish bo‘yicha ishlarni davom ettirish niyatini bildirdilar;

 

▪️Afg‘onistondagi vaziyatni tez hal etish Shanxay hamkorlik tashkiloti hududida xavfsizlikni mustahkamlashning eng muhim omillaridan biridir;

 

▪️Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo bo‘lgan davlatlar dunyoda yadro qurolini keng tarqatmaslik va yadroviy qurolsizlanishni davom ettirish tarafdori;

 

▪️SHHTni kengaytirish va xalqaro birlashmalar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashga xizmat qiladi;

 

▪️Dunyo hozirda mojarolar va inqirozlarning keskinlashuvi, butun xalqaro vaziyatning xavfli tanazzulga uchrashi bilan kechayotgan global o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda;

 

▪️SHHTga aʼzo davlatlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash zarurligini taʼkidladilar;

 

▪️SHHT davlatlari JST tamoyillari va qoidalariga asoslangan ochiq ko‘p tomonlama savdo tizimini mustahkamlaydi, jahon iqtisodiyotiga tahdid soluvchi proteksionistik harakatlar va savdo cheklovlariga qarshi chiqadi;

 

▪️SHHTga aʼzo davlatlar joriy xalqaro kun tartibiga yaqindan baho berish, yana-da adolatli dunyo tartibi va “insoniyat taqdiri mushtarak hamjamiyat” haqidagi umumiy qarashni shakllantirish tarafdori;

 

▪️SHHTga aʼzo davlatlar Rossiya Federatsiyasining sanitariya-epidemiologik xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazish tashabbusini qayd etdilar;

 

▪️Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilinganlardan tashqari iqtisodiy sanksiyalarning bir tomonlama qo‘llanilishi xalqaro huquq tamoyillariga mos kelmaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика