Hozirgina Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) aʼzo davlatlar Davlat rahbarlarining Sammitida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Samarqand deklaratsiyasi mazkur sammitning asosiy hujjati hisoblanadi. Unda tashkilotni yana-da rivojlantirish masalalari hamda global va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari bo‘yicha barcha mamlakatlarning birlashgan pozitsiyalari aks ettirilgan.
Deklaratsiya, xususan, SHHT mintaqasida tinchlik, barqarorlikni taʼminlash, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari, logistika hamda iqlim o‘zgarishiga doir masalalarni o‘z ichiga oladi.


