Bugun 20-avgust kuni Toshkent shahrida O’zbekiston - Xitoy hamkorligida tashkil etilgan “ Taraqqiyot strategiyasi “ markazi tomonidan nashr etilgan “O’zbekiston strategiyasi” ijtimoiy-tahliliy yo’nalishdagi jurnalining taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirda Xitoy xalq respublikasining Oʻzbekistonda favqulotda va muxtor elchisi Yuy Szyun, Oʻzbekiston vazirlik va idoralar vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Jurnal Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik, shuningdek SHXT doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning muhim yoʻnalishlariga bagʻishlangan. Jurnalda mintaqaviy hamkorlikka oid zamonaviy tahlillar, eksport soʻzlari va amaliy tajribalar haqida ma’lumot berilgan hamda Oʻzbekiston va Xitoyning tegishli vazirliklari rahbariyati va yetakchi tadqiqot muassasalari eksportlari tomonidan tayyorlangan tahliliy materiallar nashrdan oʻrin olgan.

Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ShXTga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlik samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha umumiy prinsip va yondashuvlarni ishlab chiqish, maxsus iqtisodiy hududlar ittfoqini tashkil etish, SHXT davlatlari savdo yarmarkasini oʻtkazish kabi yoʻnalishlarda oʻzaro muloqot va hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan takliflar ilgari surildi.

Oʻzbekiston Xitoyning " Bir makon - bir yoʻl " tashabbusi doirasida muhim mintaqaviy hudud sifatida ishtirok etmoqda. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlik esa turli xalqaro platformalarda yaʼni: BMT, SHXT, Markaziy Osiyo mintaqaviy, iqtisodiy hamkorligi doirasida rivojlanib bormoqda.

Xitoy - Savdo aloqalari boʻyicha Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkoriga aylangan mamlakatlaridan biri sanaladi. Xitoy kiritayotgan investitsiya asosan energetika, transport, sanoat sohalariga qaratilgan. Misol qilib olganda yirik transport va logistika loyihalari 2024-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo hajmini 12.4 mlrd $ ga oshirdi.

Xitoyning Oʻzbekistondagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari 10 mlrd $ dan oshgan boʻlib bugun mamlakatimizda energetika, telekommunikatsiya, toʻqimachilik, transport, konchilik va raqamli infratuzilma kabi muhim tarmoqlarda 3 300 dan ziyod qoʻshma korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Mazkur sammit yakunlari boʻyicha rekord darajada jami 44 ta hujjat, qator kelishuvlar, konsepsiya, dastur va boshqa hujjatlar imzolandi. Oʻzbekiston tashkilotga raislik qiluvchi davlat sifatida ShXT ga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining majlislariga 4 marotaba mezbonlik qilgan boʻlsa ularning soʻnggisi 2022-yil Samarqand shahrida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda eksportlar soʻzga chiqib mazkur jurnal taqdimoti ShXTning muhim tadbiri sifatida oʻtkazilishi mintaqadagi siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga muhim eʼtibor qaratilyotganidan dalolat ekani taʼkidlandi.


