1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Andijonda ikki maktab qizi o‘rtasidagi bahs mushtlashuvga aylandi

Qizlar o‘rtasidagi kelishmovchilik ertasi kuni otalar o‘rtasida janjalga sabab bo‘ldi.

Andijonda ikki maktab qizi o‘rtasidagi bahs mushtlashuvga aylandi

Andijon shahrida 2012-yilda tug‘ilgan ikki maktab o‘quvchisi o‘rtasida kelib chiqqan janjal ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Viloyat IIB matbuot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 16-aprel kuni soat 13:30 larda “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 55-maktab oldida B.I. va J.M. ismli qizlar o‘zaro tortishuv oqibatida mushtlashib ketgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, J.M.ga yengil tan jarohati yetkazilgan.

 

Oradan bir kun o‘tib, 17-aprel kuni soat 17:30 larda nizoning davomida B.I.ning otasi D.M.ning qarindoshi R.I. ham J.M. bilan janjallashib, bu safar unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov organlari tomonidan barcha ishtirokchilar va hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

 

Vaziyat jamoatchilikda katta e’tibor uyg‘otdi. Hokimlik va huquqni muhofaza qilish organlari ta’lim muassasalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, bolalar tarbiyasi hamda ota-onalar mas’uliyatini oshirish masalalarini alohida nazoratga oldi. Shuningdek, profilaktika maqsadida o‘quvchilar va ota-onalar uchun targ‘ibot ishlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar hamda seminarlar tashkil etilishi belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика