O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tez orada to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Radio Pakistan”.
Vazirning taʼkidlashicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarning yo‘lga qo‘yilishi iqtisodiyot va turizm sohalarida ikki tomonlama aloqalarning mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Aviaqatnovlar bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
Birinchi bosqichda Samarqanddan Lahorga reyslar qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda Karachi va Islomoboddan O‘zbekistonning boshqa shaharlariga parvozlar yo‘lga qo‘yiladi.
Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning sayyohlik integratsiyalashuvini kuchaytirish uchun Samarqandda turizm bo‘yicha konferensiya o‘tkazilishi ham qo‘shimcha qilgan.