1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida multimodal yuk tashuvlari rivojlantiriladi

Shuningdek, Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin

Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasida multimodal yuk tashuvlari rivojlantiriladi

 

Transport vaziri Ilxom Maxkamov hamda Pokistonning O‘zbekistondagi elchisi Axmad Faruk o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar mamlakatlar o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.

 

Xususan, ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashuvlari hajmini oshirish maqsadida tomonlar Afg‘oniston hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish zarurligini qayd etib o‘tdi.

 

Shuningdek, Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklash, “Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishi loyihasi yuzasidan fikr almashildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика