1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda nogironligi bo‘lgan bola ayovsiz kaltaklandi

U maxsus kasb- hunar texnikumida zo‘ravonlikka uchragan.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan bola ayovsiz kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar texnikumida ta’lim olayotgan o‘quvchi zo‘ravonlikka uchragani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan darhol nazoratga olindi. Shuningdek, tuman prokuraturasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan voqea bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

 

Aniqlanishicha, voqea ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida sodir bo‘lgan. Jabrlangan o‘quvchiga uning xonadosh kursdoshi tan jarohati yetkazgan.

 

Hozirda jabrlanuvchiga zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, u Ijtimoiy himoya milliy agentligi nazoratiga olingan. Ushbu holat bo‘yicha alohida keys ochilib, vaziyat muntazam kuzatib borilmoqda.

 

Shuningdek, nazoratni ta’minlamagan va bunday voqea yuz berishiga yo‘l qo‘ygan muassasa rahbariyatiga qonunchilikka muvofiq baho berilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика