1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyalaridan birining bosh direktori Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi. U xalqaro qidiruvda bo‘lgan

U xalqaro qidiruvda edi, deb yozadi TASS huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib.

O‘zbekistondagi farmatsevtika kompaniyalaridan birining bosh direktori Sankt-Peterburgda qo‘lga olindi. U xalqaro qidiruvda bo‘lgan

 

 

OAV “Farmatsevtika kompaniyasining sobiq top-menejeri Sankt-Peterburgda 9 million dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish ishi doirasida qo‘lga olindi”, — deb xabar bermoqda.

 

Boshqa manbaning TASS agentligiga maʼlum qilishicha, Umarov ushbu jinoyat ishida mablag‘larni o‘zlashtirish va talon-taroj qilish ayblovi bilan qidirilayotgan edi. Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari uni 9 million dollardan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirgani uchun qidirmoqda. TASS hozircha bu maʼlumotning rasmiy tasdig‘ini olmagan.

 

“Interfaks”ning xabar berishicha, 2015-2019 yillarda Toshkentdagi “ATM Partners” MCHJ bosh direktori lavozimida ishlagan M.Umarov jinoiy guruh tarkibida, chet el kompaniyalariga tegishli dumaloq muhrlarning asl nusxalarini va rahbarlarining faksimillarini o‘z qo‘liga olib, 9,5 million dollardan oshiq pulni o‘g‘irlab ketgan.

 

O‘zbekistonda Umarovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

 

P.S.: “ATM Partners” MCHJ saytidagi maʼlumotlarga ko‘ra, kompaniya O‘zbekiston bozorida farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yunusobodda qalbaki “Remdesivir” dori vositasini 4 700 AQSH dollarga sotayotgan shaxslar ushlangani, hamda chet eldan kelgan fuqaroning yuklari ichidan katta miqdorda turli xil dori vositalari aniqlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Bahriniso Madumarova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика