
Qori Fasihuddin avvalroq Badaxshon viloyatiga, qo‘shinlar jangovar tayyorgarligini tekshirish uchun borgan edi. Badaxshondan qaytishda esa Afg‘oniston milliy qarshilik fronti (Panjsher qarshilik kuchlarining rasmiy nomi)ning pistirmasiga uchragan. Ammo Fasihuddinning o‘ziga shikast yetmagan.
Shu bilan birga unga hamrohlik qilganlardan biri halok bo‘lgan. Shuningdek, bosh shtab boshlig‘iga yaqin shaxslardan biri og‘ir yaralangan.
Ahmad Masʼud tarafdorlarining maʼlum qilishicha, bu hali boshlanishi. Qarshilik kuchlari "Tolibon" rahbariyatidagi asosiy shaxslarni yo‘q qilmoqchi.
"Sputnik Afganistan" panjsherliklarning Qori Fasihuddinga nisbatan shaxsiy adovati borligini taxmin qildi. Sababi, Fasihuddin badaxshonlik tojik bo‘lib, Panjsher vodiysi egallanishi operatsiyasiga rahbarlik qilgan.
Bundan avval Ahmad Masʼud Kembrijdagi xalqaro konferensiyaga murojaat yo‘llagani xabar qilingandi. Shuningdek, toliblar afg'onistonlik imomlarni qiynoqqa solayotgani ma'lum bo'lgandi.
Жаҳонгир Қўзиев


