1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

Toshkent viloyati prokuraturasi xabariga ko‘ra, Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni sarflanishi, davlat mulki va boshqa obyektlarni saqlanishi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.

Parkent tumani tibbiyot birlashmasi mansabdorlari 1,5 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

 

Tekshirish yakuniga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 2019-2020 moliya yilida 1 milliard 193 million 205 ming so‘m miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 1 milliard 511 million 123 ming so‘m pul mablag‘larini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan. Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko‘rsatmalarida bayon etilgan.

 

Shuningdek, soхtalashtirib, noto‘g‘ri maʼlumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo‘shilgan.

 

Qayd etilishicha, Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan JKning 184(1)-moddasi 2-qismi va 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilgan va tergov yakuni bo‘yicha jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun JIB Parkent tuman sudiga yuborilgan.

 

Maʼlumot uchun: ayblanuvchilarga nisbatan protsessual tartibda “qamoq”, "uy qamog‘i" va “garov” ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

 

Avvalroq Sirdaryoda qo‘lga olingan hokim o‘rinbosari va uning hamtovog‘iga nisbatan sud hukmi o‘qilgani, Buxoro shahar hokimligi sobiq mulozimi firibgarlikka qo‘l urgani, Qo‘qon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari pora olayotganda ushlangani hamda Buxoroda hokimlik zaxirasidagi yerni 8 000 AQSH dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика