Kecha, 5 avgust kuni tunda Telegram asoschisi Pavel Durovning shaxsiy profili o‘chib ketgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Shaxsan Durovga tegishli @monk va @srov akkauntlariga xabar yuborishning imkoni bo‘lmagani uchun ular “ancha vaqt kirilmagan” yoki “o‘chirilgan” degan yozuvlar bilan ko‘ringan.
Biroz vaqt o‘tgach, messenjer asoschisining ikkala akkaunti ham tiklanib, yana ochiq bo‘ldi. Durov va Telegram jamoasining o‘zi voqea yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Bir qator ommaviy axborot vositalari profillar xakerlar tomonidan buzib kirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozishmoqda. Taxminlarga ko‘ra, kimdir profilga kirish kodini qo‘lga kiritgan va uni o‘chirish uchun so‘rov yuborgan.


