1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Zilzila tufayli Rossiyaning yadro suvosti kemalari shikastlangan

Bunga Rossiya Mudofaa vazirligi hozircha izoh bermadi.

Zilzila tufayli Rossiyaning yadro suvosti kemalari shikastlangan

Kamchatkada yuz bergan zilzila va undan keyin sodir bo‘lgan sunami oqibatida Rossiya Tinch okeani flotining yarimorolda joylashgan bazasidagi aksariyat yadro suvosti kemalari jiddiy shikastlangan. Bu haqida sunʼiy yo‘ldosh tasvirlariga tayanib, The Telegraph nashri xabar bermoqda. 

 

Ushbu baza yarimorol janubidagi Krasheninnikov ko‘rfazining yopiq maʼmuriy-hududiy birligi hisoblanadi. Tasvirlarga ko‘ra, tirgaklardan birining bir qismi asl holatidan og‘ib ketgan, bu esa uning to‘xtash joyidan chiqqanini ko‘rsatadi. Taxminlarga ko‘ra, 8,8 magnitudali zilzila natijasida yuzaga kelgan to‘lqinlar oradan 15 daqiqa o‘tib epitsentrdan taxminan 120 km g‘arbda joylashgan bazaga yetib borgan. Bazada Borey tipidagi zamonaviy atom suvosti kemalari va Sovet deltalari joylashgan. 

 

Buyuk Britaniyaning Mudofaa va xavfsizlikni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma instituti ilmiy xodimi, doktor Sidxart Kaushal sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarida suv osti flotiga zarar yetkazilganlik alomatlari yo‘qligini taʼkidladi. 

 

Maʼlumot uchun, 30 iyul kuni Kamchatka qirg‘oqlarida 1952 yildan beri eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Ayni paytda yarimorolda eng mashhur rus vulqonlaridan biri Klyuchevskaya Sopka uyg‘ongan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика