Bugun yana bir bor barchamizning eʼtiborimiz Xitoy poytaxtida o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlariga qaratiladi. Unda hamyurtimiz Komiljon To‘xtayev slalom bahslarida ishtirok etadi.
Sportchimiz ishtirokidagi dasturning ikkinchi mashqi Toshkent vaqti bilan 10:45 da start oladigan dasturda startga chiqadi.
Batafsil:
12:45 – Biatlon. Ayollar, estafeta
14:15 – Chang‘i poygasi. Ayollar, sprint
14:45 – Chang‘i poygasi. Erkaklar, sprint
16:30 – Xokkey. Ayollar, 3-o‘rin uchun bahs (Finlyandiya – Shveysariya)
17:00 – Fristayl. Erkaklar, akrobatika
17:45 – Short-trek. Erkaklar, 5000 metr
18:20 – Short-trek. Ayollar, 1500 metr
Bo‘lajak startda hamyurtimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.
Jamshidbek Amirov


