Pokiston “Tolibon”ga muhim sohada razvedka maʼlumotlari taqdim etmoqda — The Washington Post

Pokiston “Tolibon” ga ISHIDga qarshi kurashda yordam bermoqda.

Pokiston “Tolibon”ga muhim sohada razvedka maʼlumotlari taqdim etmoqda — The Washington Post

 

Pokiston “Tolibon” ga ISHIDga qarshi kurashda yordam bermoqda. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.

 

Islomobod norasmiy kanallar orqali razvedka maʼlumotlari va texnik vositalar orqali toliblarning terrorchilarga qarshi kurashda yordam beryapti. Xususan, hozirda ISHID aʼzolarining telefonlari va internet aloqalari aniqlanmoqda va Afg‘oniston rasmiylariga taqdim etilmoqda.

“Pokiston bizning birodarimiz va bizni turli sohalarda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Xususan, maʼlumotlar va razvedka axboroti berilyapti. Agarda AQSH va dunyoning boshqa davlatlari ham shunday qilsa, biz ISHIDni sanoqli kunlarda mag‘lub etgan bo‘lardik”, – degan nomi sir qolishini istagan “Tolibon” aʼzosi.

 

Shu bilan birga, “Tolibon” vakili Bilol Karimiying so‘zlariga ko‘ra, harakat ISHIDni jiddiy xavf sifatida ko‘rmaydi. Ammo anonim pokistonlik manbalardan biri, Islomobod va Kobul o‘rtasida yuqoridagi masala yuzasidan norasmiy muloqot bo‘layotganini maʼlum qilgan.

 

The Washington Post Pokistonni ISHIDga qarshi Afg‘onistonga yordam berayotgan kam sonli davlatlardan biri sifatida eʼtirof etdi. Ayrim AQSH amaldorlari mintaqaviy raqobat, chuqur ildiz otgan ishonchsizlik va toliblarning ayrim harakatlari terrorizmga qarshi kurashda hamkorlikni qiyinlashtirmoqda. Shunday bo‘lsa-da, AQSH qo‘shinlari chiqib ketgandan keyin ham razvedka xizmatlari “Tolibon”ga terrorchilar haqida maʼlumot berganligi taʼkidlangan. Ammo nashr maʼlumotlariga ko‘ra, toliblar ko‘p holatda bu maʼlumotlarga qiziqish bildirmagan va ishonch bilan qaramagan.

 

Bundan avval Afg‘onistonda yashaydigan qirg‘izlar Qirg‘izistonga ko‘chirilishi hamda AQSH havo hujumi natijasida “Al-Qoida” rahbarlaridan biri o‘ldirilgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика