Siyosat

Politico: AQSh razvedkasi rahbari Zelenskiyga harbiy yordam kamayishi mumkinligidan ogohlantirgan

 

АQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yanvar oyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda uni “harbiy yordam kamayib ketishidan” ogohlantirib, “jang maydonida imkon qadar tezroq olg‘a borishga” undagan. Bu haqda “Politico” ikki ukrainalik mulozimga tayanib, xabar berdi

 

Janob Zelenskiyning ismini oshkor etmagan maslahatchining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev AQSh ma’muriyatidagi ba’zi amaldorlar Ukrainani harbiy yordamni kamaytirishga rozi bo‘lishi uchun “Kongressdan foydalanayotganidan” xavotirda.

 

"Washington Post" gazetasining yozishicha, Uilyam Byorns yanvar oyida Kiyevga yashirincha borgan va u yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashgan. WP manbalariga ko'ra, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari janob Zelenskiyga "Rossiyaning yaqin haftalar va oylardagi harbiy rejalari" haqidagi taxminlari haqida ma'lum qilgan.

 

Gazeta Byorns harbiy amaliyotni tugatish evaziga Ukraina hududining taxminan 20 foizini Rossiyaga berishni nazarda tutuvchi tinchlik rejasini taklif qilganini yozdi. Moskva va Kiyev bu taklifni rad etgan. O’z navbatida Oq uy OAVning bu xabarlarini yolg'on deb atagan.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish