Bugun, 28 sentyabr kuni soat 10:07 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “M.Ashrafiy” ko‘chasida joylashgan oshxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVVga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 10:12 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 10:29 da qurshab olingan va soat 10:41 da bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida oshxonaning taxminan 100 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.