1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Qo‘shilmaslik sammiti doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

Unda 16-20-oktabr kunlari Samarqandda o‘tadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish haqida ham maʼlumot berildi.

Prezident Qo‘shilmaslik sammiti doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazdi

 

Qo‘shilmaslik harakati sammitining yalpi sessiyasi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti delegatsiyalar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan suhbatda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

 

Ras-al-Hayma amirligi amiri, BAA Oliy kengashi aʼzosi shayx Saqr Al-Qosimiy bilan yetakchi kompaniyalarni yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishga jalb qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasi raisi Chaba Kyoryoshi bilan yetakchi xalqaro tashkilotning joriy yil sentyabr oyida o‘tadigan yalpi sessiyasining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

 

Jahon turizm tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili YUNVTO Bosh assambleyasining joriy yil 16-20 oktyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tadigan navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berdi.

 

Turizm sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturni amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика