1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar xavfsizlik, harbiy-texnik soha va transport loyihalari, jumladan Transafg‘on temir yo‘lini amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Shavkat Mirziyoyev Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-avgust kuni Pokiston Islom Respublikasi Shtablar boshliqlari Birlashgan qo‘mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida yuksak martabali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

 

Muzokaralarda joriy yil fevral oyida Pokiston Bosh vazirining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan buyon savdo hajmi 23 foizga, yuk tashish hajmi esa 50 foizga ortdi. Bundan tashqari, Karachi va Lahor shaharlarida savdo uylari ochildi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni ko‘paydi.

 

Tomonlar harbiy va harbiy-texnik sohalarda, xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.

 

Shuningdek, Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi yuzasidan imzolangan uch tomonlama bitimni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика