1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Tramp–Putin uchrashuvi: Markaziy Osiyo uchun uch ehtimoliy ssenariy

Alyaskadagi muzokaralar mintaqaning siyosiy va iqtisodiy kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.

Tramp–Putin uchrashuvi: Markaziy Osiyo uchun uch ehtimoliy ssenariy

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Alyaskaning Elmendorf-Richardson qo‘shma harbiy bazasida uchrashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. The Times of Central Asia yozishicha, ushbu uchrashuv Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham umid, ham xavotir uyg‘otmoqda.

 

Mintaqa davlatlari, jumladan O‘zbekiston, Ukraina bo‘yicha neytral pozitsiyani saqlab qolmoqda. Qozog‘iston va O‘zbekiston Rossiyaning Donetsk va Lugansk “respublikalari”ni tan olmadi. Turkmaniston doimiy betaraflik siyosatini davom ettirmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston esa BMT rezolyutsiyalarida ovoz berishdan tiyilib, umumiy tinchlik chaqiriqlari bilan kifoyalanmoqda.

 

Mutaxassislar uchrashuvdan keyin uch ehtimoliy ssenariyni taxmin qilmoqda. Birinchisi — o‘t ochishni to‘xtatish: bozorlar barqarorlashishi, sanktsiyalar xavfining kamayishi va Markaziy Osiyoning savdo hamda diplomatiya markaziga aylanishi mumkin. Ikkinchisi — urushning davom etishi: bozorlar beqaror bo‘lib qolishi, sanktsiyalar bosimining saqlanishi, ammo Rossiya ta’sirining asta-sekin kamayishi ehtimoli.

 

Uchinchi ssenariy — katta geosiyosiy qayta taqsimot: mintaqa G‘arb yoki Xitoy bilan hamkorlikni kuchaytirishi yoki aksincha, Rossiya bosimi ortishi mumkin. Analitiklar fikricha, Tramp–Putin uchrashuvi natijasidan qat’i nazar, Markaziy Osiyo davlatlari o‘z tashqi siyosatini yanada ehtiyotkorlik bilan olib borishga majbur bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика