Siyosat

Putin bilan kelishish imkoni bor edi — Tramp

 

Zelenskiy Qrim masalasida Rossiya bilan kelishishi kerak edi. Bu haqda AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi. 

 

“Ular (Putin va Zelenskiy) Qrim masalsidan voz kechishi mumkin edi. Ular (Ukraina) NATOga kirmasligi mumkin edi. Bunday holatda davlat saqlanib qolingan bo‘lardi, chunki men Putinning kelishuvga erishish istagida bo‘lganiga ishonaman. Ammo u bunday kelishuvga rozi bo‘lmaydi. Fikrimcha, barchasi murakkablashdi. Ukraina bilan nima bo‘lganini kuzatish ayanchli”, — degan sobiq prezident. 

 

Shu bilan birga siyosatchi Zelenskiyga Rossiya bilan kelishua imkoni bo‘lsa, bundan voz kechmaslikni maslahat bergan.

 

Avvalroq Xillari Klinton Tramp AQSH prezidenti bo‘lganda mamlakatni NATOdan olib chiqib ketishini aytgandi.

 

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish