1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Donald Trampni lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi

Shuningdek, u Ukraina bo‘yicha muloqotga tayyorligini aytdi.

Putin Donald Trampni lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xavfsizlik Kengashi aʼzolari bilan uchrashuvda Donald Trumpni Qo‘shma Shtatlar prezidenti lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi.

 

U Moskva AQSHning yangi maʼmuriyati bilan Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘yicha muloqotga ochiq ekanligini hamda respublikachilarning Rossiya bilan munosabatlarni o‘rnatish va keskinlashuvga yo‘l qo‘ymaslik masalalaridagi pozitsiyasini mamnuniyat bilan qabul qilishini taʼkidladi.

 

"Biz AQSHning yangi saylangan prezidenti va uning jamoasi aʼzolarining Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni tiklash istagi haqidagi bayonotini ko‘rmoqdamiz. Shuningdek, biz uning uchinchi jahon urushining oldini olish uchun hamma narsani qilish zarurligi haqidagi bayonotini eshitamiz. Albatta, biz bunday munosabatni olqishlaymiz va Amerika Qo‘shma Shtatlarining saylangan prezidentini lavozimga kirishgani bilan tabriklaymiz", dedi Vladimir Putin.

 

Rossiya prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilishda eng muhim narsa inqirozning asosiy sabablarini bartaraf etish ekanligini bildirdi.

 

“Vaziyatni hal qilishning o‘ziga kelsak, men yana bir bor taʼkidlashni istardim: uning maqsadi qisqa muddatli sulh, mojaroni davom ettirish uchun kuchlarni qayta to‘plash va qayta qurollantirish uchun qandaydir chekinish emas, balki mintaqada yashovchi barcha xalqlar,barcha odamlarning qonuniy manfaatlarini hurmat qilish asosida uzoq muddatli tinchlik bo‘lishi kerak”, deb tushuntirdi Vladimir Putin.

 

Komila Odilova tayyorladi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика