Tayvanning janubida 21-yanvarga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, natijada 27 kishi jarohat oldi.
Silkinishlar seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 0:17 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Chiai okrugining maʼmuriy markazidan taxminan 40 km uzoqlikda, 10 km chuqurlikda joylashgan.
Tayvan Markaziy meteorologiya boshqarmasi tomonidan magnituda 6,4 ball deb belgilangan. AQSH geologiya xizmati uni 6 deb baholadi. Tayvan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, jabrlanganlar kichik jarohatlar olgan. Yaradorlar orasida bir oylik chaqaloq bor, u Tszayining janubida joylashgan Tainan shahridagi vayronalar ostidan qutqarilgan.
Tayvandan dunyodagi eng yirik chip ishlab chiqaruvchi kompaniya zilzila sabab o‘z faoliyatini to‘xtatdi, ammo endi korxonalar asta-sekin ishlab chiqarishni qayta tiklamoqda.
Komila Odilova tayyorladi


