1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi

Otlarning barchasiga chiplar o‘rnatilgan bo‘lib, bu ularning toza nasldan ekanini bildiradi.

Putin Kim Chen Inga 24 bosh ot sovg‘a qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga 24 bosh Orlov yo‘rtoqilarini sovg‘a qildi.

 

"Kim Chen In Rossiyadan yangi zotdor otlar partiyasini qabul qilib oldi. Bu Shimoliy Koreya yetakchisi va prezident Putin o‘rtasidagi yaqinlik kuchayib borayotganidan dalolat beradi", — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, otlar 25-avgust kuni olib ketilgan. 19 bosh ayg‘ir va beshta baytal Vladimir viloyatida karantindan o‘tgan, keyin esa Primorskdagi "Xasan" temiryo‘l o‘tkazish punktiga olib kelingan.

 

"Otlarning barchasi chiplangan. Chiplar mavjudligi skanerlovchi qurilma orqali tekshirilgan. Mikrochip otlar almashtirib qo‘yilishiga yo‘l qo‘ymaydi va ular toza nasldan ekanini bildiradi", — deya ta’kidlanadi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика