Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning "RIA Novosti"ga maʼlum qilishicha, Vladimir Putin Belarus, O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qilgan.
Taʼkidlanishicha, davlat rahbarlari suhbatda Rossiyadagi vaziyatni muhokama qilishgan.
Maʼlumot uchun, Yevgeniy Prigojin boshchiligidagi “Vagner” yollanma askarlari Rossiyaning bir qator hududlaridagi muhim infratuzilma obektlarini egallab, Moskva tomon harakatlanayotganini maʼlum qilgandi. Shundan so‘ng Vladimir Putin rossiyaliklarga murojaat qilib, davlat to‘ntarishiga urinishlar har qanday yo‘l bilan bostirilishini maʼlum qilgandi.
Putinning so‘zlariga munosabat bildirgan Prigojin esa uning askarlari korrupsiyalashgan mamlakatda yashashni istamayotganligi sababli ushbu ishlar sodir bo‘layotganini taʼkidlagan.


