AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSH ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar yaqin orada bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari Bedminsterda (Nyu-Jersi) bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida jurnalistlarga maʼlum qildi.
AQSH prezidentining fikricha, Putin va Zelenskiy o‘rtasidagi kuchli nafrat sabab uchrashuvda vositachilikni o‘zi olib borishiga to‘g‘ri keladi.
“Muzokara jarayonini o‘zim olib borishimga to‘g‘ri keladi. Ular bir-birini judayam yomon ko‘radi, shuning uchun bunga aralashishim zarur”, — deya taʼkidladi Tramp.
Tramp, shuningdek, uchrashuv formati hali ham muhokama qilinayotganini, biroq u albatta AQSHning bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tishini taʼkidladi. Prezident bo‘lajak maslahatlashuvlarning asosiy vazifasi Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish yo‘llarini izlash va mintaqada xavfsizlikni taʼminlash bo‘yicha yangi yechimlarni ishlab chiqish bo‘lishini aytdi.


