1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Qarzdorga tegishli 6 ta “HOWO” rusumli yuk mashina xatlandi

Bu haqda MIBning jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpulatov Zamon.uz‘ga maʼlum qildi.

Qarzdorga tegishli 6 ta “HOWO” rusumli yuk mashina xatlandi

 

Xorazm viloyati iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan, qarzdor korxonadan AT “Xalq banki” Xorazm viloyati hududiy bo‘limi foydasiga 510.017,17 yevro undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Urganch shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilib, qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan. Ammo qarzdor ijro hujjati talabini bajarilmagani sabab majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Olib borilgan harakatlar davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan 6 ta “HOWO” rusumli yuk mashina hamda bino xatlanib, “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan. Savdo natijasiga ko'ra, 6 ta “HOWO” rusumli yuk mashinasi sotilgan. Undan tushgan 4 milliard so‘m pul mablag‘lari bank raqamiga o‘tkazib berilgan. Ijro ishi yuzasidan qolgan qarzdorlikni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

 

Avvalroq, Beruniyda alimentdan qarzdor otaning “Lacetti”si sotilib, qarzi undirilgani hamda qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика