1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Qashqadaryoda noqonuniy tamaki savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Qashqadaryo viloyatida noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirishkor tumani bo‘limi tomonidan Qarshi shahridagiXontepaMFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan I.N. “L.E.” MCHJga qarashli savdo do‘konida turli nomdagi jami 2 052 quti umumiy bahosi 70 mln so‘mlik tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Shu kabi, Departamentning G‘uzor tuman bo‘limi, IIB va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida "Xo‘jaguzar" MFY hududidagi savdo do‘konida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. noqonuniy alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 42 turdagi 1030 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol va 16 turdagi 1804 quti tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика