O‘tkazilgan tadqiqotlar yer yuzidagi eng tez gapiradigan millat fransuzlar ekanini ko‘rsatdi.Ular bir daqiqa ichida 350 ta so‘z ishlatar ekan. Dunyodagi “eng go‘zal til”lardan biri deb eʼtirof etilgan fransuz tili ehtimol mana shu jihati bilan ham yoqimli eshitilsa kerak.
Tadqiqotlarga ko‘ra, ikkinchi o‘rinni yapon millati egallagan. Ular fransuzlarga nisbatan 40 ta so‘z kam ishlatar ekan. Yaʼni bir nafar yapon bir daqiqada 310 ta so‘z sarf qilar ekan. Uchinchi o‘rinni inglizlar egallagan. Ular bir daqiqada 210 ta, to‘rtinchi o‘rinni band qilgan nemislar esa 200 ta so‘z talaffuz qiladi.
Shuningdek, eng sekin gapiradigan millat ham aniqlangan. Masalan, polineziyaliklar bir minutda atigi 50 ta so‘z ishlatar ekan.
Biz o‘zbeklar har ikki tadqiqotda ham o‘rin egallay olmaganmiz. Demak biz o‘rtacha tezlikda gapiradigan millatlar sirasiga kiramiz.
Bundan avval dunyodagi eng qimmat til egasi kimligi, eng qashshoq qitʼaning eng boy odamlari hamda nega hindular soqol-mo‘ylovsiz tasvirlangani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


