Tadbirni Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari, O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi raisi Rustam Shoabdurahmonov ochib berdi. U mehmonlarga davlatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan eʼtibor xususida to‘xtalib, mazkur imtihon ishtirokchilariga omad tiladi.
Rejaga ko‘ra, bugun ishtirokchilar rapira yo‘nalishida nazariy va videotahlil bo‘yicha test topshiradi. Undan muvaffaqiyatli o‘tganlar ertaga yakuniy amaliy imtihondan o‘tadi. Shuningdek, ertaga qatnashchilar rapira bo‘yicha amaliy, 16-oktabr kuni shpaga bo‘yicha nazariy, 17-oktabr kuni shpaga bo‘yicha amaliy, 18-oktabr kuni shamshir bo‘yicha nazariy, 19-oktabrda esa sablya bo‘yicha amaliy imtihon bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi yakuniga yetgani va boks bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempionatiga mezbon davlat nomi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


