1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qirg‘izistondan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirgan shaxslar ushlandi

DXX Zamon.uz’ga tafsilotlarni ma'lum qildi.

Qirg‘izistondan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kirgan shaxslar ushlandi

Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 2511-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs eski odatini qo‘msab, Qirg‘iz Respublikasidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini olib kelib sotish orqali mo‘may daromad topishni reja qiladi.

 

Bu maqsadda u qirg‘izistonlik tanishiga aloqa chiqib, katta partiyadagi dori vositalarini yetkazib berishini so‘raydi.

 

O‘z navbatida Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi 16755 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini aylanma yo‘llar orqali Kosonsoy tumaniga olib kelib, xufiya joyga qoldiradi.

 

Namanganlik shaxs esa ushbu dori vositalarini Kosonsoy tumanidan Namangan shahriga keltirib berishi uchun o‘zining hamshahariga 500 ming so‘m va’da qiladi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kuryer dori vositalarini xufiya joydan olib ketayotgan vaqtida ushlandi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, buyurtmachi ham protsessual tartibda qo‘lga olindi.

 

Hozirda ushbu 2 nafar fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

 

Farg‘ona viloyatida qayd etilgan holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahrida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgan shaxs o‘zining “Treker 2” rusumli avtomashinasida “Farg‘ona–Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan vaqtida to‘xtatildi.

 

Avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 11200 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinganligi aniqlandi.

 

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 1-qismi va 2511-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика